O‘z joniga qasd qilish (o‘zini osish)

Assalomu alaykum! So‘ngi vaqtlarda o‘z joniga qasd qilish (o‘zini osib o‘ldirish) juda ko‘p kuzatilmoqda. Savol shuki ularni orasida endigina 14, 15, 16 yoshga to‘lganlari ham bor. Ularni bunga nima majbur qilishi mumkin ? Ko‘pchilikni fikri bo‘yicha bu ham Allohning irodasi yoki taqdiriga bitilgan shu deb ta’kidlashmoqda. Lekin, bu fikrga ko‘shila olmayman, sababi o‘z joniga qasd qilish eng katta gunoh. Eng qiziqarlisi ularni shu yoshlarida o‘z jonlariga qasd qilishini qanday izohlash mumkin ? Ular hali juda yosh-ku ! Bu Allohni irodasi deb ta’kidlayotganlarga qanday javob qilish kerak ?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu o‘sha bolalarni diniy ma’rifatdan uzoq ekanliklari uchundir. Buni millat dushmanlari avvaldan rejalashtirgan edi, hozirda maqsadlariga etishdi. O‘g‘il bolalar masjidga bormasalar, qiz bolalar diniy ta’limotdan mahrum qolsalar, qiziqishlarini telefon, internet, televizordagi buzuq g‘oyalarga qaratishadi va qaratishmoqda ham. Ularning natijasi sal narsaga xissiyotga berilish, dunyoda lazzatlanib qolishni asosiy maqsad qilib olish va orzusi amalga oshmasa joniga qasd qilish bo‘lib qoldi. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 16:37 | Savol-javoblar | 166 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar