Kelishib qushdan zot olish
Assalomu alaykum! https://savollar.islom.uz/s/42596 savolni o‘qib chiqdim. Menda shunga o‘xshash savol bor. Men qush boqaman va zotdor qushlarga qiziqaman. Savolim shuki, agar men erkak (nar) qushimni boshqa bir urg‘ochi qushi bor odamga zotini olish uchun kelishib qo‘shishga bersam yoki uning qushini olib o‘zim qo‘shsam va Alloh nasib qilib chiqqan jo‘jalarni bo‘lishib olsak bo‘ladimi yoki jo‘jalarni sotib olishim kerakmi? Masalan kelishib arzonroq? Qanday yo‘l qilsam shariatga muvofiq jo‘jalarni olsam to‘g‘ri bo‘ladi? Bu erda maqsadim zotdor qushlarni ko‘paytirish.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qo‘shganingiz uchun haq olishingiz joiz emas. Keyinroq arzonroqqa bo‘lsa ham sotib oling. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 23:01 | Savol-javoblar | 147 | Halol va harom