Nikohda ota-ona roziligi qanchalik muhim?
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, sizlardan hozir yoshlar orasida keng tarqalgan holat haqida so‘ramoqchi edim. Shu paytlarda yoshlar orasida ota-onasidan bemaslahat yoki ota-onasini xabari yo‘q yoshlar turmush qurmoqda. Sababini so‘rasangiz hozir yoshligim uchun ota-onam uylantirishmaydi yoki uzatishmaydi, yoki aytsam ham tushunishmaydi, ruxsat berishmaydi yoki aytgani uyalaman, aytsam meni noto‘g‘ri tushunishadi, aytishdan foyda yo‘q. Menga nikoh zarur bo‘lgan, zino qilmayapmanku, bu ish gunohmasku deb bahonalar to‘qishmoqda shu bilan birga nikoh qilgandan keyin ba’zilari keyinchalik to‘y qilsa aksari o‘xshamadi taqdir emas ekan deb shunchaki ajrashib ketishmoqda. Bu nikohni o‘yin qilish emasmi? Ota-onani nikohga roziligi shart emas ekan deb shunday ish qilish to‘g‘rimi? Bu ota-onani haqqini poymol qilish emasmi? Bunday holatda yoshlarga va ota onalarga qanday maslahat berasizlar? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Dindan uzoqlashganidan keyin shunday bo‘ladi. Ularga bu masalani jiddiy tushuntirish lozim, hadisdagi la’natga uchraganlardan bo‘lib qolmaslik lozimligini uqtirish darkor. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 18:13 | Savol-javoblar | 190 | Oila va turmush