Oladigan puli halolmi?

Assalomu alaykum! Do‘stim mashinalarning urilgan kuzovlarini to‘g‘rilovchi usta(rektovshik). Bir nechta shogirdlar ham tayyorlagan. Shunday shogirdlardan 2tasi bilan o‘zaro kelishib yangi ustaxona ochishgan. Shart shunday bo‘lganki, do‘stim u erda ishlamaydi. Tsexni do‘stim o‘zining pullariga ochgan. 2ta shogirdi 1so‘m ham sarflamagan. Tushgan pullarni yarmi do‘stimga, yarmi esa o‘sha 2ta shogirdiga. Do‘stim olgan o‘sha puldan ustaxona ijarasi, kommunal to‘lovlar, soliqlarni to‘lashga kelishishgan, lekin 2 oy ishlagandan keyin shogirdlari uylanayotganini, uydagi sharoitini aytishib, to‘ydan keyin o‘sha shartlarni bajarishligini tushuntirishgan. Do‘stim rozi bo‘lgan. Ularning to‘yidan 1, 2 oy o‘tib do‘stimga boshqa davlatda xuddi shu ish bilan shug‘ullanuvchi insondan taklif tushadi 2ta yaxshi usta kerak deb. Do‘stimda 2ta yaxshi usta borligini, lekin ular uni o‘ziga kerakligini, ya’ni yuqoridagi holatni tushuntirganda, agar yaxshi usta bo‘lishsa o‘sha tsex ochilishiga ketgan summani, 2ta shogirdini oyliklariga ta’sir qilmagan holatda o‘sha boshqa davlatda ishlaydigan usta to‘lashni taklif qilgan. O‘sha taklif qilingan pulni olish do‘stim uchun halolmi? Tsex ochilishiga 80mln ketgan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ayni shu ko‘rinishi shar’an halol emas. Bu kabi masalalarni jonli majlisda o‘zingizga yaqin joydagi biror ahli ilmga uchrab maslahat qilinglar. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 23:01 | Savol-javoblar | 169 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar