Erimning fe’li
Assalamu alaykum! Meni turmush qurganmga 1,5 yil bo‘ladi. Shu vaqt ichida erim va erimning oila a’zolari menga juda ko‘p yomonliklar qilishdi. Erim homilador holimga qaramay bir necha marotaba qo‘l ko‘tardi. Meni oila a’zolarimni mensimay haqorat qilib, menga “sen haromisan, gadoysan, uying yo‘q” deydi. Tug‘ishimdan bir kun oldin urganini ota-onam bilib qolib, meni katta janjal bilan u erdan olib ketishdi. Vaqt o‘tdi, erim tavba qilib, hammadan uzrni so‘rab, men bilan yarashdi. Fe’l atvori juda og‘ir inson, bir xil vaqtlarda Allohni ham so‘kib yuboradi. Astag‘firulloh. Ba’zan meni “hiyonatkorsan” deb haqorat va tuhmat qilib, hatto ediradigan nonigacha minnat qiladi. Ota-onam uni kechirgan bo‘lsalar ham, lekin shu inson bilan oila qilishimga qarshilar. Bu insonning zulmidan o‘zim ham charchab ketganman. Agar Allohdan qo‘rqmaganimda bugunning o‘zida ajrashib ketar edim. Meni faqat “taloq” gunohligi ushlaydi. Mening hozirgi holatimda erimdan taloq so‘rashga sabab etarlikmi? Ya’ni so‘rashga haqqim bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Oilani buzish oson, lekin uni qayta tiklash va mustahkamlash mushkul. Siz gaplaringiz orasida “bir xil vaqtlarda Allohni ham so‘kib yuboradi” deb aytibsiz. Bu jiddiy masala bo‘lib, agar siz aytganingiz rost bo‘lsa va eringiz ham bu gapni tasdiqlasa, bu holatda dindan chiqish ehtimoli ham bor. Ikkingizga ham e’tiborli bo‘lgan biror bir ahli ilmga murojaat qilinglar. Agar eringiz o‘sha holatdan tiyilmasa, o‘rtadagi nikoh bekor bo‘lishi mumkin. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:02 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar