Muzorabada garovga mol qo‘yish
Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar! Bir inson bilan muzoraba shartnoma tuzib ishlamokchi buldik, u inson bilan avval ish kilmaganmiz, shu sababli bizdan garovga u-bu narsa kuysangiz deb suradi,masalan tilla yoki avtoulov.Shunday kilsayam buladimi? Uzi muzorabada garov bormi? Kirish xizmatidan javob topolmadim. Avvaldan raxmat.Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir inson bilan muzoraba shartnoma tuzib ishlamoqchi bo‘ldik, u inson bilan avval ish qilmaganmiz, shu sababli bizdan garovga u-bu narsa qo‘ysangiz deb so‘radi, masalan tilla yoki avtoulov. Shunday qilsayam bo‘ladimi? O‘zi muzorabada garov bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ishchining qo‘lidagi muzoraba moli omonat hisoblanadi. Ushbu mol talofatga uchraganda ishchi uni to‘lab bermaydi. Faqat uning aybi bilan, haddidan oshish yoki beparvoligi sababli talofatga uchrasa to‘laydi. Sarmoyador shunday holatlarda sarmoyani tiklash uchun ishchidan (sarmoya miqdorida) garov talab qilishi joizdir. Yoki ishchining beparvoligi sababidan sarmoyaga zarar etishini to‘ldiradigan kafil talab qilishi ham mumkin. Lekin sarmoyador ishchining zimmasiga sarmoya yoki foydaning (tabiiy) talofatida zominlikni yuklashi joiz bo‘lmaydi. Chunki ishchi sarmoyaga nisbatan omonatdor shaxs xolos. Omonatdorga zominlikni yuklash botildir. Shart botil bo‘lsada muzoraba shartnomasi to‘g‘ri bo‘laveradi. Zero bunday holatda ishchining sheriklikdagi sarmoyaga zomin bo‘lishi, ribo ziyodasini to‘lab berishga o‘xshash muomalaga aylanib qoladi. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 23:01 | Savol-javoblar | 148 | Moliya va tijorat