Gunoh qiluvchi qavm

Assalomu alaykum! Anas ibn Molikdan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinadi. Rasululloh ﷺ aytdilar: Jonim izmida bo‘lgan Zotga qasam, agar gunoh qilsangiz, gunohingiz er bilan osmongacha bo‘lib ketsa ham, tavba qilsangiz, Alloh taolo kechiradi. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, agar siz gunoh qilmasalaringiz Alloh taolo sizlarni yo‘qotib o‘rningizga gunoh qiladigan bir qavmni keltirib qo‘yardi. Ular gunoh qilib, so‘ngra mag‘firat so‘rardilar. Alloh ularni mag‘firat qilardi.Ushbu hadisni o‘qiganimdan keyin shayton har-hil xayollar bilan vasvasa qilib tinch qo‘ymayapti. Iltimos ushbu hadisni sharxlab tushuntirib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bandadan gunoh sodir bo‘lmasligi ilojsiz narsa. Faqat payg‘ambarlargina gunohdan pok bo‘ladilar. Banda xohlasa ham xohlamasa ham gunoh ichida bo‘ladi. Shunday bandalarning yaxshisi, o‘sha gunohlarni tark qilishga qattiq tirishib, tavbada bardavom bo‘luvchisidir. Bu degani bilib turib gunohni qilib yana tavbani qilaverish degani emas. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 21:34 | Savol-javoblar | 161 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar