Xarom aralashgan pullar yoki umr
Assalomu alaykum! Men hali maktabni bitirganim yo‘q. Namoz o‘qiyman qo‘lidan kelgancha dinimni o‘rganyapman. In sha Alloh Universitetga kelasi yil topshirmoqchiman. Halol harmoni tushinib etganimdan so‘ng ancha ko‘nglim notinch bo‘lib qoldi. Ota-onamni o‘zlarini oshxonasi bor, aroq ham sotiladi. Ular topgan pulga qisman harom pul aralashadi. Aniqki ularga bu to‘g‘ri emasligini aytsam foydasi yo‘q. Ammo kuchim etgancha harakat qilaman tushintirishga. Men esa ular topgan pullardan foydalanib kelaman, shulardan ovqat eyman, kurslarga to‘layman, kiyim bosh olaman. Hali o‘zim pul ishlab topmayman. Nima qilishni bilmayapman? Bir maruzada eshitgandim haromdan hosil bo‘lgan go‘sht do‘zaxda kuymay qolmaydi deb. Agar foydalangan pulim harom qismidan bo‘lsa ibodatlarim nima bo‘ladi deb o‘ylanib qoldim. Sotib olgan narsalarim nima bo‘ladi? Shunaqa savollar qiynayapdi anchadan beri? Menga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Topganining ko‘prog‘i haloldan bo‘lsa foydalanib turavering. Taomdan sotilganidan olib ishlating. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 23:45 | Savol-javoblar | 130 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Topganining ko‘prog‘i haloldan bo‘lsa foydalanib turavering. Taomdan sotilganidan olib ishlating. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 23:45 | Savol-javoblar | 130 | Halol va harom