Ro‘zada dori ichish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bizni uyda Allohga shukur xamma ro‘za tutadi. Uyda kimnidir tishi, boshi, yoki yuragi bezovta qilsa qaynotam “bir qultum suv bilan dori ichsa bo‘lar ekan” diydilar. Ularga mahallamizdagi bir kishi shunday qilsa bo‘ladi yana ba’zi bir xollarda suvsizlikdan sillasi quriganda og‘izni chayib g‘ar-g‘ara qilish mumkin degan ekan. Shu kabi narsalarga ruxsat bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tomog‘idan o‘tgan bir qultim suv ham, dori ham hatto fuqaholar tosh yutsa ham ro‘zasi ochiladi deganlar. Qasddan suv va dori ichgani uchun qazo va kafforat ham vojib bo‘ladi deganlar. Chunki bunday o‘rinlarda yonboshdan ukol olinsa ro‘za ochilmasligi aytilgan. Og‘izga suv olib chayqash mumkin, g‘ar-g‘ara mumkin emas. Chunki odatda g‘ar-g‘arg‘ara qilinganda ichkariga suv o‘tib ketadi. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 08:30 | Savol-javoblar | 164 | Dolzarb savollar