Farzandlarimning namozlari

Assalomu alaykum! Man uyda namoz o‘qivotganimda bollarim man bilan namoz o‘qishni xoxlashadi. Ular 8 yosh qizim 6 yosh o‘g‘lim. Taxoratsiz manga ergashvotdi. Taxorat olishni eplay olishmayapdi, xozir kichik suralarni yod olishga xarakat qilishvotdi. O‘qimagin desam sovutib qo‘yaman deb o‘ylavoman. Nima qilsam bo‘ladi? Taxoratsiz ergashib o‘quvurishsinmikan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularga tahorat farz emas. O‘qishaversin. Ularning Qur’onni ushlashlari uchun ham tahorat shart emas. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 00:07 | Savol-javoblar | 147 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar