SMSda taloq shartini qo‘yish

Assalomu alaykum! Ayrim sabablarga ko‘ra qizli uyimda edim. Bunga erim rozi edi. Lekin “ertaga tushlik uchun ikkigacha uyga kemasang boshing ochiq, hisobla” deb sms yozib shart qo‘ydi. Qaynonam telefon qilib “agar kemasa taloq tushadi” deb onamga aytibdila. Erim o‘zimga taloq so‘zini ishlatmadi. Shariat bo‘yicha o‘rtamizga taloq tushganmi yoki yo‘q? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Borib biror ahli ilmdan so‘rab masalangizni hal qilib olinglar. Shart qo‘ygan bo‘lsa, o‘sha shart topilsa taloq tushadi. Ya’ni siz bormagan bo‘lsangiz taloq tushgan. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 00:07 | Savol-javoblar | 160 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar