Ramazonda onanizm

Assalomu alaykum! 1). Ustoz men Ramazon kuni ro‘zador holatda onanizm bilan shug‘ullandim. Shahvat chiqdi. Ammo ro‘zamni ohiriga etkazdim. Men qasddan ro‘zamni buzdimmi yoki bu qasddan buzishga kirmaydimi bilmay qoldim. Sababi qasddan ro‘zani ochsa kafforot vojib bo‘lishini bilar edim va shahvat chiqsa ro‘za ochilishini ham bilar edim. Bilib turib qo‘limni boshqara olmay qoldim shahvat chiqarmayman deb o‘ylagan edim chiqib ketdi. (Men ro‘zamni ochaman degan niyyatni qilmagan edim va men ro‘zamni ochmiman shahvatni ushlab qolaman degan edim eplolmadim). Bu holatda menga sen bilib turib qilding degan savol qiynab yubordi. Vaholanki men istamagan va qasddan ochishni niyyat qilmagan edim. Men shu ochib yuborgan kunimga bir kun qazo tutsam bo‘ladimi kafforot vojib bo‘ldimi bo‘lmadimi? 2). Kafforot ro‘zasini tutishda o‘zi istamagan holda yoki bilmagan holatda ro‘zasi ochilib ketishiga sabab bo‘lib qolsa. Yana davom etib ro‘za tutishda 60 kunga olib boradimi yoki bu holatda ham xammasi bekor bo‘lib yana boshidan boshlaydimi? Javoblaringiz uchun rahmat. (Yuqoridagi holatim bo‘yicha izlash tugmasidan izlab topa olmadim. Mendagi holat bo‘yicha).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Masala.لو استمنى بكفه أفطر لوجود الجماع معنى ، ولا كفارة لعدم الصورةQo‘li bilan shahvatini qondirsa ma’nan yaqinlik holati topilib suratan topilmagani uchun ro‘za ochiladi va qazo lozim bo‘lib, kafforot vojib bo‘lmaydi. Ixtiyor.2).  Masala.فَلَوْ أَفْطَرَ وَلَوْ لِعُذْرٍ اسْتَأْنَفَ إلَّا لِعُذْرِ الْحَيْضِ Kafforot ro‘zasini tutayotgan kishi yo ayol qaysidir uzr tufayli ikki oy ichida biror kun ro‘zasini ochib  yuborsa qaytadan boshlaydi. Hayz ko‘rish bundan mustasnodir. Nifos esa mustasno emas.  (Roddul muhtor). Vallohu a’lam!

8 May 2022, 00:29 | Savol-javoblar | 151 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar