Ilm chegarasi
Assalomu alaykum! Meni bir masala o‘ylantirib keladi. Beshikdan qabrgacha ilm izla degan gap bor. Ilm o‘rganish erkagu ayolga farz qilingan, lekin ilm olishda ham Alloh taolo ma’lum bir chegara belgilangan deb o‘ylayman. Mening savolim biz ilm olishimizda nimalarga e’tibor qaratishimiz kerak? Umuman olganda ilm o‘rganishimizda qandaydir chegara bormi? G‘ayib ilmi nimalardan iborat? Qaysi ilmlarni o‘rganish Allohni g‘azablantiradi va qaysi ilmlarni o‘rganish Allohni rozi qiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Diningiz uchun zarur bo‘lgan ilmlarni o‘rganishingiz kerak. Buning uchun eng kamida kundalik ibodat, halol va haromni ajrata olish, ruhiy tarbiya kabi zarur ilmlarni o‘rganish lozim. G‘ayb ilmi faqat Alllohga ma’lum. Uni o‘rganishga urinilmaydi. Dunyo va oxiratga foydasi bo‘lmagan ilmlarni o‘rganishdan qaytarilgan. Bu masala ancha keng bo‘lib, saytimizning izlash xizmatidan yoki quyidagi linkdan bu boradagi ma’lumotlarni o‘qing. Vallohu a’lam! https://www.hadis.islom.uz/index.php?act=book&sec=17&b_id=28&s_id=2301
1 May 2022, 06:16 | Savol-javoblar | 162 | Ta’lim va muta’allim