Qur’onni xato o‘qish

Assalomu alaykum! Men yaqinda ilm olishni boshladim, alxamdulillax. Xarflarni to‘g‘ri, o‘z maxrajidan chiqarish kerak ekan. Ustozim menga tajvid qoidalarini xam o‘rgatdi. Qur’onga tushdim. Ammo meni buvim borlar. Yoshlari 72ga to‘lgan. Qur’on o‘qiydilar, ammo tajvid qoidalarisiz. Men buvim o‘qiganda juda ko‘p xato topdim. Nima qilay? Boshidan o‘rganing desam miyam olmaydi diyapti, indamay qo‘yib berishga yana bo‘lmayapti. Buvimni shuncha yil o‘qigan Qur’oniyu, u suralar bilan qilgan ibodati nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘rilashga harakat qilsalar shuni o‘zi ham katta gap. Allohning huzurida xato o‘qigani uchun jazolanmaslikka bahona bo‘ladi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 00:51 | Savol-javoblar | 192 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar