Shariat bo‘yicha mulk qanday taqsimlanishi kerak
Assalomu alaykum! Ota-onam johillik davrlarida turmush qurishgan. Biroz vaqt o‘tib dadam bu dunyoda Alloh roziligi uchun hayotlarini Islomga bag‘ishlay boshladilar. Bilishimcha ular Allohning har bir buyruqlariga to‘liq amal qilib kelmoqdalar. Oyim bo‘lsa biz farzandlarga juda ham mehribonlar. Uyda ayol kishi bajarishi kerak bo‘lgan yumushlarni maromiga etkazib bajaradilar. Lekin Allohning buyruqlariga kelganda men bunday deya olmayman. Lekin Allohga qasamki men va singlim ularni bir xil yaxshi ko‘ramiz. Dadam bir necha yillardan beri oyimni Islomga da’vat qilib keldilar. Lekin deyarli hech narsa o‘zgarmadi. Ota onamnig orasida xusumat yo‘q. Oxirgi marta janjal bo‘lgani esimda yo‘q. Lekin dadam dayuslikdan ( oyim ro‘mol o‘ramay yuraverganlaridan) qo‘rqib ajrashmoqchilikarini bildirdilar. Oxiri dadam shariatga mos tarzda ajrashdilar. Endi dadam bizga yangi uy uchun 50.000 $ bermoqchilar va kerakli narsalar bilan ta’minlamoqchilar. Oyim bo‘lsa bunga rozi emaslar, va sud orqali hovlining yarim pulini talab qilmoqdalar. Savolim quyidagicha : bizda bu masalada shariat bo‘yicha mulk qanday taqsimlanishi kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mulk kimniki bo‘lsa qanchasini berish yoki bermaslik ham uning haqqi hisoblanadi. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 20:39 | Savol-javoblar | 145 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mulk kimniki bo‘lsa qanchasini berish yoki bermaslik ham uning haqqi hisoblanadi. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 20:39 | Savol-javoblar | 145 | Oila va turmush