Emiqdosh mahrammi

Assalomu alaykum! Bir qizning ammasini 2ta o‘g‘il farzandi bor. Ammasini o‘g‘il farzandidan kattasini qizning onasi emizgan vaqti-vaqti bilan qiz esa ammasini vaqti-vaqti bilan emgan. Shunda bu qiz ammasini o‘g‘liga maxram hisoblanadimi? Ammasini kichik o‘g‘lichi qizga maxram bo‘ladimi? Chunki qiz ammasini vaqti-vaqti bilan emgank, lekin muntazzam emizilmagan. Bu holatda ular bir birlariga maxram hisoblanadimi? Ammasini farzandlari oldida qiz xijobsiz yursa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bular bir birlariga emikdosh aka singil bo‘lib qolishgan. Mahram bo‘ladilar. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 01:02 | Savol-javoblar | 161 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar