Qazo bo‘lmaslik uchun

Assalomu alaykum va roxmatulloxi va barokatux. Savolim shundan iboratki, abiturientman . Alxamdulillax 5 maxal namozni ado etyapman. Mening imtixon kunim 2-smenaga tushgan . Asr va shom namozam kazo bulmasligi uchun menga maslaxat beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom!  Namozga hech qanday uzr yo‘q. Quyidagi hadisni o‘qing. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: كُلُّ أُمَّتِي يَدْخُلُونَ الْجَنَّةَ إِلَّا مَنْ أَبَى قَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ وَمَنْ يَأْبَى؟ قَالَ: مَنْ أَطَاعَنِي دَخَلَ الْجَنَّةَ وَمَنْ عَصَانِي فَقَدْ أَبَى. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Ummatimning barchasi jannatga kirar, lekin bosh tortganlargina kirmas», dedilar.
«Ey Allohning Rasuli, kim bosh tortadi?» deyishdi.
«Kim menga itoat qilsa, jannatga kiradi, kim menga osiy bo‘lsa, bosh tortgan bo‘ladi», dedilar».
Buxoriy rivoyat qilgan. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 22:16 | Savol-javoblar | 167 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar