Iltimos musulmonlar koreyaga qiz berishmasin
Assalomu alaykum! Meni erim bo‘lgan inson mendan xam islom dinidan xam shunchaki voz kechdi cho‘chqa eydi aroq ichadi dini yo‘q do‘stlariga qo‘shilib ketdi va mandan puldi ustun qo‘ydi man bilan pandimiya sabablik ko‘risha ololmayman deb o‘yladi menga boshqasi bilan turmush qur ZAGS qog‘ozni yirtib yubor dedi. Shunchaki voz kechdim sandan dedi ajrim uchun dokument xam jo‘natmayman dedi. 6 oydan berib aloqaga chiqmaydi. Oxirgi gapi Seni unutib bo‘lganman senga pul kerakmi seni puling yo‘qligi uchun menga yozyabsanmi men seni eringmasman man unutganman sani islom dinini boshida chin dildan qabul qilgandim lekin men islom dinida bo‘lsam cho‘chqa eyolmayman mol go‘shti qimmat dedi aroq xam ichadi. U erim bo‘lgan inson Janubiy Koreyalik yigit edi. Iltimos Janubiy Koreyaga musulmonlar qiz berishmasin maruzalarda aytinglar, ular pulni sevadi ayolini rashq qilmaydi islom dinini qabul qilib olib ketgandan so‘ng Alloh biladi nima qiladi. Men bilan dinsiz inson bilan o‘rtamizda shunda xam nikox bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nikohingiz bekor bo‘lgan. Aslo ikkilanmang. O‘sha gapni aytganidan beri uch hayz ko‘rib poklangan bo‘lsangiz iddangiz chiqib bo‘lgan. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 01:13 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nikohingiz bekor bo‘lgan. Aslo ikkilanmang. O‘sha gapni aytganidan beri uch hayz ko‘rib poklangan bo‘lsangiz iddangiz chiqib bo‘lgan. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 01:13 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush