Xazrati Dovud (as) ziyoratgohi

Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatuhu!Xurmatli Shayx Xazratlari!Biz o‘tgan oy ziyorat uchun Samarqandga borgan edik. U erda Xazrati Dovud (a.s) ziyoratgohi bor ekan.Tog‘ning tepasida joylashgan. 1300 zinadan oshiqroq ekan. Tepada uychaga o‘xshagan masjid qo‘rilgan. Ozgina pastga tushilsa Xazrati Dovud (a.s) kirgan g‘or bor ekan. G‘orning ichidagi odamning gapiga qaraganda Xazrati Dovud (a.s) bu erlarga kelgan ekan ya‘ni otashparatlarga dinini targ‘ib qilish uchun. Shunda sen rostdan ham payg‘ambar bo‘lsang mo‘jizangni ko‘rsat deb uni o‘ldirishmoqchi bo‘lisharkan. Xazrati Dovud (a.s) G‘orning ichiga kirib o‘ng tarafga qarab niyat qilgan ekan va chap tarafga qarab tavba qilgan ekan keyin yo‘q bo‘lgan dedi. Xozir ham odamlar shunday qilishyapti. U erni minglab odamlar ziyorat qilishmoqda.Rostdan ham shunday bo‘lganmi Xazrat?Fikringizni aytsangiz.Alloh qiloyotgan ezgu ishlaringizda yordam bersin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bo‘lmagan.

27 Aprel 2022, 12:15 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar