Da’vat masalasi

Assalomu alaykum wr wb Shayx hazratlari! Allohim sizdan va ahlingizdan rozi bo‘lsin. Quyidagi savol bilan murojaat etishga ruxsat etsangiz, Ustoz kamina bir necha kishilarni da‘vat qilayotgan paytimda Qur‘onni faqat yodlayvermasdan unga oldin amal ham qilish kerak deb aytgan edim. Shunga birodarlardan biri Qur‘onni yodalshdan to‘xtab qolibdi. Endi meni birodarlar sen bir kishini Qur‘on yodlashdan qaytarib xato qilding deb itob qilmoqda. Lekin men unga sen yodlaman oldin amal qil deb aytmagan edim. Umumiy ma‘noda shunday aytib o‘tgan edim. Endi men ham o‘ylab qoldim, bir kishini Qur‘on yodlashdan qaytarib katta gunoh qilib qo‘ydim deb. Ustoz menga nima deb nasihat berasiz? Nasihatingizga muhtojman...Allohim ilmingizni ziyoda qilsin...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Borib o‘sha Qur’oni Karim yodlashdan to‘xtagan odamdan uzr so‘rang va yodlashni davom ettirishini yo‘lga qo‘ying. Bundan keyin gapni oldi ketini o‘ylab gapiring.

8 May 2022, 01:13 | Savol-javoblar | 159 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar