Payg‘ambarimiz so‘laklarini tutish

Assalomu alaykum! Rasulullox sallAllohu alayxi vasallamning muborak so‘laklarini saxobalar erga tushirmay tutib, badanlariga surtishganligi xaqidagi xadisning matnini yozib bersangiz. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Unaqa so‘lak degan narsa yo‘q. قَالَ عُرْوَةُ: عَنِ الْمِسْوَرِ وَمَرْوَانَ: خَرَجَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ زَمَنَ حُدَيْبِيَةَ فَذَكَرَ الْحَدِيثَ. وَمَا تَنَخَّمَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ نُخَامَةً إِلَّا وَقَعَتْ فِي كَفِّ رَجُلٍ مِنْهُمْ فَدَلَكَ بِهَا وَجْهَهُ وَجِلْدَهُ  Urva Misvar va Marvondan rivoyat qilib ushbu hadisni zikr etadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam Hudaybiya vaqtida chiqdilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam tuflasalar, ulardan biror kishining kaftiga tushar va uni yuziga hamda badaniga surtib olar edi». (“Oltin silsila” kitobidan "Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!

8 May 2022, 16:53 | Savol-javoblar | 144 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar