Istixora duosining o‘qilishi

Assalomu alaykum! Ma’lumki, biror ish yuzasidan bir qarorga kelolmasak, ixtiyorimizni Allohga topshirib va unga tavakkul qilib istihora namozini o‘qiymiz. Savolim shuki, istihora duosini attahiyyat, salovot va "Robbana..." duolaridan so‘ng aytishimiz kerakmi yoki salomdan so‘ngmi? Istihoraning arabcha duosi ichida o‘zbek tilida aytadigan bo‘lsak, namozni to‘g‘ri ado etilishiga ta’sir qilmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Istixora duosini salomdan keyin o‘qiysiz. O‘zbek tilida qilsangiz ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 02:17 | Savol-javoblar | 165 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar