Musulmonlar islomga amal qilmasligi

Assalomu alaykum! O‘zim ancha yillardan beri ibodatdaman. Chet mamlakatlarida xam yashaganman, xususan Ovrupada. Nima uchun ular bizdan oldinlab ketishgan degan savolga javob topa oldim. Xakikatda u erda musulmonlar kam, lekin Islomga amal kup. Bizda musulmonlar kup Islomga amal esa juda oz. Kupchilik insonlar xozirda masjidga kelib mashinasini istagan joyida koldirishga odatlangan. Yulni tusib kuyishayapti. Boshka insonlar esa bu yuldan utishga kiynalishayapti. Bu narsa dinimizga boshkalar oldida salbiy ta’sir kursatmokda. Sizlardan iltimos, shunday insonlarga ozgina tushuncha bersangiz. Zora ibodatni asl moxiyatini tushunib olishsa. Dinimizni eng yuksak din ekanligini kursata olsak.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytgan masala haqiqatda hozirgi kunda axloq tanqisligidan kelib chiqmoqda. Islomda axloq masalasi eng ustun masalalardan hisoblanadi. Qachonki unga amal qilish kamaysa yoki butkul yo‘qolsa, musulmonlarning amaliy da’vati ham susayadi.Quyidagi linkda berilgan javobni o‘qing.  Vallohu a’lam!https://savollar.islom.uz/s/157726

12 May 2022, 09:07 | Savol-javoblar | 162 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar