Isro hodisasidan oldin ham namoz bo‘lganmi

Assalomu alaykum! Isro surasi 1-oyat tafsirida payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam  xufton namozini o‘qib bo‘lib ammalarining uyida yotib qoladilar va shu kecha isro hodisasi ro‘y beradi va shu kecha 5 vaqt namoz farz qilinadi. Tushunmagan joyim shuki namoz farz qilinishidan oldin u zot xufton namozini o‘qigan ekanlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Besh vaqt namoz farz bo‘lishidan oldin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ibrohim alayhissalomning shariatiga amal qilib namoz o‘qir edilar. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 02:39 | Savol-javoblar | 160 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar