Egizaklarga 7 yil sumalak qilish

Assalomu alaykum! Meni bir do‘stimni egizak farzandlari bor. Savolim shundan iboratki egizaklar uchun 7 yil sumalak qilish kerakligini aytishibdi. Bunga dinimiz qanday qaraydi, bu qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shu gapni aytgan odam bema’ni va mantiqsiz gapni aytibdi. Sumalakni egizaklarga nima aloqasi bor. Kim nima desa ergashilinaveradimi? Siz unaqa gaplarga ishonmang. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 02:39 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar