Og‘iz yopish

Assalomu alaykum! Ramazon oyi muborak bulsin! Saxarlikdan oldin dam olaman deb, kech tursayu, xech narsa emay (ichmay) ogiz yopsa, bu kun ruzasi kabul boladimi? Javobingiz uchun minnatdorman!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Saharlik vaqti chiqqanidan iftorgacha hech narsa eb-ichmasa ro‘za durust bo‘ladi. Shu erda bir narsani unutmaslik kerak. Xalq orasida “bir xo‘plam suv bilan bo‘lsa ham saharlik qilish kerak” degan gap bor. Buni saharlik vaqti chiqmagan bo‘lsa shunday qilish kerak. Bamdod vaqti kirgan bo‘lsa, bir xo‘plam ham suv ichmaslik kerak. Aks holda o‘sha kuni tutgan ro‘zasi ado bo‘lmay zimmasiga qazosini tutish vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 14:46 | Savol-javoblar | 164 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar