Baqara surasi fazilati

Assalomu alaykum! "Ey farzand ko‘rmayotgan ayol, Baqara surasini o‘qishni yo‘lga qo‘y! -Ey turmushga chiqishi kechikayotgan singlim, Baqara surasini o‘qishni yo‘lga qo‘y! -Ey do‘xtirlar davolashga ojiz qolayotgan bemor, Baqara surasini o‘qishni yo‘lga qo‘y! -Ey sehrlangan, jin chalgan kimsa, Baqara surasini o‘qishni yo‘lga qo‘y! -Ey kambag‘alligi yoki ayol tanlash qiyin bo‘lgani uchun nikohi kechikayotgan yigit, Baqara surasini o‘qishni yo‘lga qo‘y! -Ey xojatmand kishi, Baqara surasini o‘qishni yo‘lga qo‘y! Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "Baqara surasini o‘qib yurish baraka, uni tark qilish xasratdir. Dangasalarni (yoki sehr bilan shug‘ullanuvchilar) uni o‘qishga imkonlari yo‘qdir", deb aytgan. Imom Muslim rivoyati. Shu Hadis to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri. Baqara surasini o‘qib yurish baraka, uni tark qilish xasratdir. Dangasalarni (yoki sehr bilan shug‘ullanuvchilar) uni o‘qishga imkonlari yo‘qdir", mana shu qismi Imom Muslim rivoyat qilgan hadisning mazmuniga to‘g‘ri keladi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 03:22 | Savol-javoblar | 201 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar