Taklif qilingan to‘yga borish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, taklif qilingan joyga borish shartmi yoki ixtiyoriy? Masalan dunyoviy to‘y va tug‘ilgan kunlar kabi.  Yaqinda meni to‘yga aytib ketishdi. Borishni xohlamayman, borsam boshdan oyoq gunohga botaman. Shunga borish vojib degan gap yo‘qmi? Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatga xilof bo‘lsa borish shart emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:35 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar