ma’lumot

Assalamu aleykum hurmatli Shayh Hazratlari,Men saytimga qo‘yayotgan ma‘lumotlarni boshqa saytlardan topib, ba‘zan shunday ko‘chirib, ba‘zan 2-3ta saytdan olinganlarini umumlashtirib yozyapman. Bunda avtomobillar yangiliklari, tarihi va ularda qo‘llanilayotgan zamonaviy tehnologiyalarning bajaradigan vazifalari haqida yoziladi. Shariatimiz bo‘yicha shu ma‘lumotlarni qaysi saytdan olayotganimni ma‘lumot so‘ngida yozib o‘tishim kerakmi yoki shart emasmi?Avvaldan rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Egalari shart desa, shart. Bo‘lmasa, yo‘q. Ammo omonat yuzasida yozilsa yaxshi bo‘ladi.

8 May 2022, 03:22 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar