Kredit karta
Assalomu alaykum! Biz hozirda chet davlatda yashaymiz. Bu er asosan g‘ayridinlar mamlakati bo‘lganligi uchun bank va moliya tizimi ham musulmonlarga to‘g‘ri kelmaydi. Xo‘jayinim bu erda bir necha yillardan beri ishlaydi, meni esa kelganimga 1 yildan sal oshdi. Yaqinda shuni bildimki, xo‘jayinim bankni foizli kredit kartasini ishlatib kelar ekan. Xo‘jayinim namoz o‘qiydi, halol va haromni farqiga boradi ammo shu masalaga kelganda etiborsizlik qilyapti. Kredit kartaga oid savol-javoblarni o‘qib chiqdim va shundan beri halovatim yo‘qoldi, shuncha paytdan beri men va farzandimizga ham foizli kredit kartadan edirib kelayotgan ekan. Men kredit kartadan voz kechishi kerakligini ko‘p aytyapman ammo hozir u kredit kartalar anchagina qarzga kirib ketgan. Boshqa harajatlarni kamaytirib tezroq qarzingizni to‘lang deyapman ammo bu juda sekin kechyapti. Qarzini to‘lashni va kredit kartadan voz kechishni birinchi o‘ringa qo‘ymayotganlari uchun foiz eyishimiz cho‘zilib ketyapti. Farzandim kichkinaligi uchun bu ishda yordam berolmayapman meni qo‘limdan hech narsa kelmayapti. Shu sabab o‘qiyotgan namoz va tutayotgan ro‘zalarimning qabul bo‘lmasligidan juda qattiq havotirdaman. O‘zim xohlamagan holda majbur bo‘lib eyotgan kredit karta uchun men gunohkor bo‘lmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zarurat miqdorichasini eyishingiz mumkin. Alloh rozi bo‘lsin sizdan. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 03:33 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zarurat miqdorichasini eyishingiz mumkin. Alloh rozi bo‘lsin sizdan. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 03:33 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom