Uch taloq qo‘yib ham birga yashayotganlarga
Assalomu alaykum! Uch taloq qilib keyin yana birga yashayotganlarni bilamiz. Ammo hech qanday chora qilolmaymiz. Gapirgan bilan gap yoqmayapti. Ularni ahvoli ma’lum. Bizning ahvolimiz qanday bo‘ladi dunyoyu oxiratda? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Inson aytib qo‘yishgagina buyurilgan. Hatto Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ham Alloh taolo "Nur" surasida marhamat qiladi: قُلْ أَطِيعُوا اللَّهَ وَأَطِيعُوا الرَّسُولَ فَإِن تَوَلَّوا فَإِنَّمَا عَلَيْهِ مَا حُمِّلَ وَعَلَيْكُم مَّا حُمِّلْتُمْ وَإِن تُطِيعُوهُ تَهْتَدُوا وَمَا عَلَى الرَّسُولِ إِلَّا الْبَلَاغُ الْمُبِينُ 54. Sen: «Allohga itoat qiling va Rasulga itoat qiling! Bas, agar yuz o‘girib ketsangiz, uning zimmasida o‘ziga yuklatilgan narsa, sizning zimmangizda o‘zingizga yuklatilgan narsa. Agar unga itoat qilsangiz, hidoyat topursiz. Rasulning zimmasida ochiq-oydin etkazishdan boshqa narsa yo‘q», – deb ayt.
“Shuuro” surasida: فَإِنْ أَعْرَضُوا فَمَا أَرْسَلْنَاكَ عَلَيْهِمْ حَفِيظًا إِنْ عَلَيْكَ إِلَّا الْبَلَاغُ وَإِنَّا إِذَا أَذَقْنَا الْإِنسَانَ مِنَّا رَحْمَةً فَرِحَ بِهَا وَإِن تُصِبْهُمْ سَيِّئَةٌ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ فَإِنَّ الْإِنسَانَ كَفُورٌ 48. Agar ular yuz o‘girsalar, bas, seni ularga qo‘riqchi qilib yuborganimiz yo‘q. Sening zimmangda faqat etkazish bor, xolos. Albatta, Biz insonga O‘zimizdan rahmat tottirgan chog‘imizda u undan quvonur va agar ularga o‘z qo‘llari taqdim etgan narsa tufayli yomonlik etsa, bas, albatta, inson noshukrlik qilur - deyilgan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:38 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush