Dengiz va undagi narsalar haqida hadis

Assalomu alaykum! Yaqinda Yutub kanalida Makkadan bir odam "Dengizda taxorat olsa bo‘ladimi" degan video qilibdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga “Dengizda dengiz suvida taxorat olsek bo‘ladimi” deb saxobalar savol berishganda. “Xa, bo‘ladi va dengizdagi baliqlarni va barcha dengiz jonivorlarini xam esangiz bo‘ladi” degan ekanlar. Bu qanchalik to‘g‘ri? Agar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qaytarmagan bo‘lsalar dengiz jonivorlarini xam eyishga ruxsat bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisni asl Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning og‘izlaridan chiqqan miqdori: “Uning suvi poklovchidir, o‘limtigi haloldir”chasidir. Qolgan gaplar hadisning matnida yo‘q. O‘limtikdan fuqaholar baliqni nazarda tutishgan. Chunki baliqda otilib chiqadigan qon bo‘lmaydi. Shuning uchun uni Bismillah aytib so‘yish shart emas. O‘lib qolsa ham eyish halol bo‘laveradi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 03:33 | Savol-javoblar | 152 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar