Sudxo‘rga xizmat

Assalomu alaykum! Bir odam foizga pul beradi. Ikkinchi odam oddiy ishchi. Ikkinchi odam plastikdagi pulni naqdlashtirish uchun birinchi odamga plastikidan oziq ovqat olib kelib undan nakd pul oladi. Shu ish joizmi? Ya’ni shu birinchi odamni foizga pul berishini bilib turib u odamni pulini olsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz aytgan sudxo‘r odam bilan oddiy insoniy muomalalar qilishdan shariatimiz qaytarmagan. Ammo sudxo‘rligiga bevosita yordam bo‘ladigan har qanday ko‘mak va ishdan saqlanish lozim. Unga oziq-ovqat yoki boshqa halol xizmatlarni qilish evaziga haq olsa yoki pulini naqdlab olsa joiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:48 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar