Porami yoki xizmat haq

Assalomu alaykum! Abort qildirganimdan so‘ng, (rivojlanme qolgani uchun) homilador bo‘lmayapman. Yanvarda 2 yil bo‘ladi. Tan olish kerak ko‘pchilik doktorlar pul uchun firmalarni dorilarini yozishadi, yoki natija bo‘lmasa ham qimmat dorilar bilan davolanishni buyurishadi. Shu sababdan surishtirib o‘z ishini ustasi ginekolog topdim. Lekin uni vazifasiga mani qarash kirmaydi. Shu sababdan pul berib mani ko‘rib qo‘yishini iltimos qilishim pora hukmida bo‘ladimi? Mani ko‘rishi kere bo‘gan bepulga ko‘radigan doktor bu doktorchalik ilmlimas. Hususiylar huddi shu pulni oladi undan ham ko‘proq, lekin natija 50/50 bo‘ladi. Bu ilmli ginekolog shuning uchun shu ginokolog davolashini hohlagandim. Lekin u faqat tug‘ruqhonada ishlaydi, homiladorlar uchun doktor. Shu doktorga borib davolanib bergan pulim xizmat haqi sifatida bo‘ladimi yoki pora bergan bo‘lib qolamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu xizmat haqi hisoblanadi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 03:33 | Savol-javoblar | 161 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar