Taxoratsiz namoz o‘qishdan qo‘rqib

Assalomu alaykum! Taxorat olishni endi boshlaganimda orqa avratda anniq bir xarakat sezilvoti. Taxoratsiz namoz o‘qib qo‘ymi deb o‘ylab qovoman. Yordamingiz kerak qiynalvoman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar bu ish doimiy bo‘layotgan bo‘lsa siz bemor bo‘lib, shar’an sohibi uzr hisoblanasiz. Mabodo bu boshqa paytlar bo‘lmasdan faqat tahorat va namoz vaqtida bo‘layotgan bo‘lsa bu vasvasa bo‘ladi. Hid yoki ovoz chiqmasa bu bilan tahorat ketmaydi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 19:19 | Savol-javoblar | 139 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar