Chiroq yoqish

Assalomu alaykum! Ustozlar biz yaqinlarimizdan qolgan bir uyga ko‘chmoqchi edik, ammo dilimizda bir xiralik bor. O‘sha uy kattalarimizdan qolgan, avval yashagan yaqinlarimiz bu uyda chiroq yoqilgan deb bilishardi va o‘sha chiroqni bir ayolga topshirdik deb doim o‘sha ayolga islik, sadaqa berib yurishardi. Biror dard etsa darrov o‘sha chiroqni olganni oldiga borib sadaqa berib kelishardi. Endi biz shu hovliga ko‘chmoqchi edik. Dingimizda chiroq bor narsami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday bema’ni narsalarga ishonmanglar. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 03:55 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar