Noma’lum pul

Assalomu alaykum! Meni Visa valyuta kartam bor. Bundan bir necha kun avval shu kartamga $5 miqdorda pul kelib tushdi (taxminan 42 500 so‘m pul). Bu pul qaerdan kelib tushgani, kim tashlagani menga noma’lum. Bu pulni o‘sha odam nomidan sadaqa beray desam rostdan ham bechora, qiynalgan odamni topish mushkul, sadaqa so‘raydiganlarning ko‘pi hozir, afsuski, noloyiq, ya’ni sotishga mulki bor odamlar, egulikka puli bor yoki kasb qilib olganlar uchraydi. Ustozlar, nima qilay? Masjidga ehson sifatida berib ham bo‘lmasa... To‘g‘ri yo‘l ko‘rsatinglar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz bankka murojaat qiling. Ular qaerdan yoki kimni hisobidan tushganini ham aytib berishadi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 03:55 | Savol-javoblar | 177 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar