Qarzi bor odam zakot beradimi?
Assalomu alaykum! Men yaqinda uy sotib oldim. Lekin u uyda o‘zim yashamayman xozir. Yaxshi niyat qilib in sha Alloh O‘g‘il farzandlarimning biriga vatan bo‘ladi deb olib qo‘ydim. O‘zimda etarli mablag‘ kamligi uchun 3000$ qaynotamdan qarz oldim va uyni to‘liq narxini sotuvchiga berib nomiga o‘tkazdim. Savolim shuki yaqinda ramazon oyi kirib keladi. Alloh farz qilgan zakotni qarzim bo‘lsa xam berishim kerakmi yo‘qmi? Ikkinchi savolim: qo‘shni ozarbayjon ayol bor yoshligimdan onadek bo‘lib qilgan. Bolalar bog‘chasi da tarbiyachi bo‘lib ishlab nafaqaga chiqqanlar. Nafaqa pullari juda oz. Bir o‘g‘li bor xotini bilan aloxida yashaydi. Kamdan kam xabar oladi onasidan. Bir qizi bilan yashaydi. Kasalxonada farrosh bo‘lib ishlaydi. Uniyam oylik maoshi ancha past. Shu ayolga zakot bersam shariat xukmi bo‘yicha to‘g‘ri bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bor pulingiz qarzingizdan oshib nisob miqdoriga etsa keyin zakot chiqarasiz. Ammo zimmangizga qurbonlik shart. 2). Juda yaxshi ish qilgan bo‘lasiz. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 21:40 | Savol-javoblar | 159 | Zakot