Qur’oni karimni etti harfda nozil bo‘lish

Assalomu alaykum! Qur’oni karimni etti harfda nozil bo‘lishi haqidagi barcha ma’lumotlar bilan tanishib chiqib, shunday hulosaga keldim: ilk nozil bo‘lgan oyat avval ma’lum bir talaffuzda bo‘lgan, keyin uni oyatga ma’no taraflama futur etkazmaydigan haraktlar ila talaffuz qilish Alloh taolo tomonidan ruhsat etilgan. Menga faqat bir narsa tushunarli bo‘lmadi, ruhsat etilish hikmati insonlar uni oson yodlashlari uchun ekan. Ya’ni, har xil talaffuz qilish yodlashda nimani osonlashtiradi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har kimga o‘z lahjasida gapirishi oson. Yodlash ham. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 04:06 | Savol-javoblar | 143 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar