Gunohkor odam
Assalomu alaykum! Men bir insonni bilaman.O‘tmishi juda ayanchli kechgan,yani shunchalik kop gunohi kabilaralr qilganki,ota onasiga kop marotaba aziyat berib yiglatgan,yoshligi(balogatga etmasdan ham)zinoning eng ogir ko‘rinishin oziga kasb qilib olgan va yana boshqa koplab gunohlar sodir etgan ayol.5-10yillik hayoti shunday kechgan.endi astoydil tavba qilgan,namoz o‘qiyapti,nafl rozlar tutadi,kop diniy kitoblar oqiydi,hatto taqvodorliga havas qilsa boladi.Meni qiziqtirgan narsa u endi hayoti davomida qilgan razilliklariga yarasha jazo oladimi,yoki Alloh taolo kechirsa jazo berilmasligi ham mumkinmi,yoki Alloh gunohlaridan poklash uchun jazo beradimi?Men bilamankk,kop gunohi kabilaralarni qilganlar avval jahannamda poklanib keyin jannatga kirishadi, jannatga kirgan jahannamiylar Allohning huzurida eng quyi darajada bolishadimi?Agar ular qolgan umrini jiddu jahd bilan Alloga muhabbat bilan otkazsa,oldin qilgan benihoya qabihliklari tufayli Allohning huzurida oliy daralalariga etishishga imkoni yuqmi ularning?Barcha buyuk insonlar,sahobalar,shahidlar,solih kishilar tugilganliklaridan islomda,ibodatda bolishgan yoki,avval kofir bolsalarda insoniylik fitrati ularga qabih ishlar qilishishga yol qoymagan(Allo taolo ularni gunohlarda uzi asragan)deb bilaman shuning uchun ular eng oliy darajada bolishadi deb hisoblayman,demak kop razil ishlar qilgan insonlar ulardek hech qachon bo‘la olishmas ekanda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Allohning rahmat va mag‘firat dengizi shunchalik kengki u gunohlar dengiz oldidagi pashshaning najosatichalik ham bo‘lmay qoladi. Sahobalar ham islomdan oldin juda qabih ishlarni qilganlar. Ular tavbasida sodiq bo‘lgani uchun Alloh ularni gunohlarini kechgan va Qur’onda kelgan va’dalarni bergan. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 04:06 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar