Dadamga dinmizni qanday o‘rgatsam bo‘ladi
Assalomu alaykum! Dadamni qanday kilib imonga kelishi uchun qanday yo‘l tutganim maqul? Chunki dadam dindagi biron bir narsaga ishonishmaydi, televizrda imom domlalar chiqsa boshqa kanalga oladilar, xayo degan narsaga xam ega emaslar. Ish xonamda xam namoz o‘qima uyda o‘qi deydilar. Masjidga borma xali yoshsan deydi, yoshim 29da. Men indamay bilganimni qilib yuraveraman, onam xam namoz o‘qirdi, lekin dadam boshqa o‘qimisan deb o‘qitmagan ekanlar. Onam namozsiz olamdan o‘tdilar, dadam bizga mexribon lekin ularni yomon ko‘rsam kerak. Buni o‘zlariga bildirmayman, bitta oshnam sadaqa bergandi. Mendan aroq tortdimi deb so‘radilar, men yo‘q Alloh yo‘lida qilingan sadaqa unaqa narsalar bo‘lmaydi desam, oshnamni xaqorat qildi. Dadam kofirmi yoki imonsiz Alloh nimadan qaytarib nimaga buyurgan bo‘lsa shuni aksini qiladilar? Dadamni jaxannamga tushishlarini istamayman, maslaxat beringlar iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz otangizga dindan sovutmaydigan uslubda tushuntirishga harakat qiling. U kishiga gapi o‘tadigan yoshi katta solih kishilar nasihat qilsin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham amakilari Abu Tolibni jahannamga tushishlarini aslo istamadilar. Minglab bor Allohning yo‘liga chaqirdilar. Shunday bo‘lsa ham u kishi iymonsiz ketdi. Hidoyat Allohning qo‘lida. Insonni o‘zida ham xohish bo‘lishi kerak. Alloh taolo "Hud" surasida marhamat qiladi: قَالَ يَا قَوْمِ أَرَأَيْتُمْ إِن كُنتُ عَلَى بَيِّنَةٍ مِّن رَّبِّيَ وَآتَانِي رَحْمَةً مِّنْ عِندِهِ فَعُمِّيَتْ عَلَيْكُمْ أَنُلْزِمُكُمُوهَا وَأَنتُمْ لَهَا كَارِهُونَ 28. U: «Ey qavmim, ayting-chi, agar Robbimdan aniq hujjatga ega bo‘lgan bo‘lsam va U menga O‘z huzuridan rahmat bergan bo‘lsa-yu, sizga maxfiy qolgan bo‘lsa, garchi yoqtirmasangiz ham, uni sizga majburlaymizmi?!» – dedi.
Nuh alayhissalom ularga nisbatan qo‘pol iboralarni ishlatmadilar. Balki muloyimlik bilan:
«Ey qavmim», – deya murojaat qildilar va ularni bir oz o‘ylantiradigan gaplarni aytdilar.
«...ayting-chi, agar Robbimdan aniq hujjatga ega bo‘lgan bo‘lsam...»
Ya’ni payg‘ambar ekanimning tasdig‘i uchun menda ochiq-oydin, ishonchli hujjatim bo‘lsa
«...va U menga O‘z huzuridan rahmat bergan bo‘lsa-yu...»
Meni payg‘ambarlikka tanlab olib, rahmat bergan bo‘lsa-yu, bu narsa
«...sizga maxfiy qolgan bo‘lsa...»
Siz buni bilmay qolgan bo‘lsangiz, bu turgan gap, chunki sizda buni bilishga ham, anglashga ham qobiliyat va tayyorgarlik yo‘q, unda nima bo‘ladi?
«...garchi yoqtirmasangiz ham, uni sizga majburlaymizmi?!»
Aqiyda bobida majburlash yo‘q, qahr va kuch ishlatish ham mumkin emas. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
8 May 2022, 04:28 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar