Janoza va marakalarda dasturxon qilib borish

Assalomu alaykum! Xorazmda janoza bo‘ladigan uyga shu oilaning yaqinlari (ayollar) orasida janozaga kelganda o‘zi bilan u yoki bu hildagi metrli ayollar kiyimlik materiali olib kelish degan narsa bor. Bu narsani har bir ayol biror bir metrda biror turdagi materialdan olib keladi. Ko‘pchiligi mayit yotgan joyda uning oyoq tarafiga tashlashadi. Menga bu savolni yaqin qarindoshim Ammam sizlarga yo‘llashimni iltimos qildi. Savolimiz shuki: musibatli uyga bunaqa narsa ko‘tarib borish gunohkor qilmaydimi. Ammamga bir Otinoyi bu narsa marhumni qarzdor bo‘lib ketishlikka sababchi bo‘ladi deb aytibdi. Umuman ayollarni ichidagi bunaqa janoza va marakalarda material olib borish durustmi. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunaqa material yoki boshqa biror narsani ko‘tarib borish joiz emas. Ha, bu narsa qarzdorlikka sabab bo‘ladi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 02:12 | Savol-javoblar | 186 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar