Ro‘zador yuziga krem surishi mumkinmi?

Assalomu alaykum! Ro‘zaga aloqador savollarni hammasini o‘qib chiqdim, lekin javob topa olmadim. Ayni paytda men qazo ro‘zalarimni tutayotgan edim. Qish fasli bo‘lganligi sababli yuzimga krem surtsam bo‘ladimi? Ro‘zam ochilmaydimi? Labga balzam (sovuqda yorilishdan asrovchi malham) surtsamchi? Javobingiz uchun tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Krem surtish bilan ro‘za buzilmaydi. Labga surtiladigan krem yoki balzamni tomoqqa ketib qolishidan ehtiyot bo‘lish kerak. Krem yoki balzamni tarkibini aniqlab, keyin ishlating.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:55 | Savol-javoblar | 160 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar