Kafforat mablag‘i
Assalamu alaykum! Zimmamda qasamning kafforati bor edi. Hisob kartamda chet el valyutasida kichik tijorat qilish uchun qarzga olgan pulim bor edi. Pulning miqdori 10 ta miskinni to‘ydirishga etardi. Ammo hali qarzimdan qutilmaganim va foyda qilmaganim bois 3 kun kafforat ro‘zasini tutdim. Bu holatda qasam kafforati ado bo‘ldimi? Javobingiz uchun oldindan tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Holatni o‘zingiz bizdan yaxshi bilasiz. Haqiqatan 10 kishini to‘ydirish imkoniyatingiz bo‘lmasa ro‘za kifoya qiladi. Undan avval orzu-xavas uchun olgan narsalaringizni ham e’tiborga olib qo‘ying. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 04:38 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar