Namozdagi saf

Assalomu alaykum! Bizning masjidda namoz o‘qilganda imom bilan 1-safdagilarning orasi 10-15 sm orqada 2-safdagilar esa bir saf masofa orqada turadi. Masjid kichkina bo‘lgani uchunmi 1-saf imomga juda yaqin turadi bu holatda 1-safda turib namoz o‘qisa bo‘ladimi? Agar mumkin bo‘lmasa bu orqada turgan safdagi namozxonlar namoziga ta’sir ko‘rsatmaydimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Masjid kichkina bo‘lsa mehrob tomondan buzib mehrobni kattalashtirib ichkariga imom va imomning orqasida ikki kishi bo‘lsa ham sig‘adigan joy qilish kerak. Siz aytgan holatda o‘qiyverish makruhi tahrimiy. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 05:11 | Savol-javoblar | 170 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar