Qovoq o‘g‘irlab eysa savob bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Biz tomonlarda ba’zi insonlar orasida shunday qarash mavjud: Birovning mol-mulkini o‘g‘irlasa gunoh bo‘ladi, lekin daladan oshqovoq o‘g‘irlab esa rosa ham savobli ish bo‘larkan. Shu insonlarning fikri xato emasmikan deb qo‘rqaman. Axir savobli ish o‘g‘irlik orqasidan bo‘lishi mumkin emas-ku...
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu kabi gaplardan juda ham ehtiyot bo‘lish kerak. Bunday deyish kufr bo‘ladi. Xalqimizda “Bug‘doy o‘g‘risi kofir emas somon o‘g‘risi kofir” degan maqol bor. Ya’ni bug‘doy o‘g‘irlayotgan “men bug‘doy o‘g‘irlayapman, yomon ish qilyapman” deb o‘g‘irlik qiladi. Somon o‘g‘irlayotan esa “Men o‘g‘irlik qilmayapman” deb o‘g‘irlikni halol sanab qiladi. Bunday e’tiqod esa shariatimizda kufr hisoblanadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:04 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar