Foyda chiqarib berish

Assalomu alaykum! Tanishim tikuvchi. U uylarga, to‘ylarga parda tikadi va mijozlar bilan birga material olgani bozorga va salonlarga birga boradi (ya’ni klientlar o‘zi bilmaydi qaerdan olishni, bilsa ham yaxshisini ko‘rsating degan ma’noda undan yordam so‘rashadi va olib boradi, maslahat beradi). Shunda do‘kon egalari parda materialni do‘kon narxida (ya’ni ustiga kim uchundir pul qo‘ymagan, narxi o‘zgarmagan holda) sotishadi va o‘sha tanishimga ma’lum miqdorda do‘kon hisobidan pul chiqarib berishadi. Uni qiynayotgan savoli, shu do‘konchining va do‘konda bo‘layotgan ishdan mijozni xabari bor-yo‘qligi ma’lum emasligi va bu noto‘g‘ri ish bo‘lmayaptimi? Ammo u materiallarni olishda qatnashadi va o‘zi mijoz uchun tikib, ilib ham beradi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘sha mehnatlarining evazini buyurtmachidan ochiq-oydin aytib olsin. Sotuvchilar xaridor topib borgani uchun haq beradigan bo‘lishsa o‘zlarining foydasidan berishsin. Molning narxi ustiga qo‘yib o‘shani berishmasin. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 05:43 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar