Usti ochiq taom va ichimlik
Assalomu alaykum! Ustozlar, usti ochiq xolda qolgan ovqat yoki ichimlikni ichsa bo‘ladimi? Masalan kechki payt piyola yoki stakanga sharbat yoki choy quyilgan va qolib ketgan, shuni ertasi kuni ichsa, yoki shu tarzda qolgan taomni esa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Idishlar og‘zini yopinglar, suv meshini og‘zini berkitinglar, chunki yilda bir kecha bor. U kechada vabo yog‘iladi. Og‘zi yopilmagan idishlar, bog‘ichi bog‘lanmagan meshlar yonidan o‘tganda unga o‘sha vabodan tushadi” deganlar. yana bir hadislarida, “Biringiz (idishlar og‘zini berkitishga hech narsa) topolmasa cho‘pni bo‘lsa ham ustiga ko‘ndalang qilib qo‘ysin va Allohning ismini zikr qilsin” deganlar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:17 | Savol-javoblar | 179 | Turli savollar