Safarda qoldirgan namozlarni qazosi
Assalomu alaykum! Men bemorligim tufayli namoz o‘qiy olmadim. Bemorligimni davolash uchun o‘z shaxrimdan uzoqda edim. Ya’ni poytaxtga borib muolaja qildim. Safarda namozlarimni qasr qilib o‘qishim kerak edi, lekin qazo bo‘ldi. Xozir sog‘aydim, o‘sha kungi o‘qiy olmagan namozlarimni qazosini nima deb niyat qilib o‘qiyman va safarda 4 rakatli farzdi 2 rakat qilib o‘qish kerak. Shunday bo‘ladigan bo‘lsa qazosini xam 2 rakat qilib o‘qimanmi yoki 4 rakatmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo safarda necha kun turishni niyat qilib kelgandingiz va necha kun turdingiz? 15 kundan kam turishni niyat qilgan bo‘lsangiz namozlaringizni qasr qilib o‘qishingiz kerak edi. Endi qazosini ham qasr qilib o‘qiysiz. Shom va vitrlardan tashqari. Ularni uch rak’atdan o‘qiysiz. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 05:43 | Savol-javoblar | 158 | Namoz