Do‘sti bilan orani ochish

Assalomu alaykum! Do‘stim bilan birga bir o‘qishda taxsil olamiza. Birga ibodat qilamiza, lekin u onasiga qo‘ng‘iroq qilmaydi ro‘zg‘orga yordam juddayam kam beradi. Biz boshqa do‘stlarimiz bilan onasidan habar olib turamiza. Onagni mazasi yo‘q desak ham parvoyiga kelmaydi, onasini mazasi bo‘lmayapti do‘stlarimiz doktorga olib borishibdi, shunda ham parvoyiga kelmaydi, gapirsam men bilan urshadi, sizlari do‘stim safida xisoblamayman deyabti. Biz qanday yo‘l tutaylik, otasi olamdan o‘tib ketgan, onasi yolg‘iz uyda bir o‘zi shunga biz habar olib turamiza. Bu do‘st bizga kerak emas deb hisoblaymiz, lekin biz, shariat hukmiga qarab ish tutishim afzal, oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Sizlar ikkisiga ham yaxshilik qilishda davom etaveringlar. Do‘stingizni shaytonni qo‘liga tashlab qo‘ymanglar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:36 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar